“Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q”. Mo‘ynoqda gektarlab qamishzor yonmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani atrofidagi to‘qayzorda katta yong‘in chiqqani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, qo‘mitaning Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilganda, tumanidagi "Ushsay" OFY hududidagi "Mo‘ynoq qo‘ltig‘i"dagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga kelib chiqqani aniqlangan. 

“Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q. Sababi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat. Suvning keskin qaytib ketishi sababli hozirda qamishzor bo‘yidagi qamish tublari ahyon-ahyonda tutashi davom etmoqda, shamol kuchayganda esa tutun ko‘lami ortadi”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing