Yomon o‘ynasam, asosiy tarkibda tushmasdim – Maguayr

Sport

image

Garri Maguayr bu mavsum yomon o‘yinlari bo‘lganini tan oldi. Ammo u o‘zini mutlaqo foydasiz o‘yinchi, deb hisoblamaydi. Maguayr bu haqda “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Bu mavsumda menda yomon o‘yinlar bo‘ldi. Ammo men har doim dahshatli o‘yin ko‘rsatganimda yoki yetarlicha harakat qilmaganimda, "Manchester Yunayted"dagi har bir o‘yinni asosiy tarkibda boshlamagan bo‘lardim.

Har ikki murabbiyning (Sulsher va Ragnik) ham meni asosiy tarkibga qo‘yishiga sabablar bor: jamoaga nima bersam, sheriklarga ham beraman. Sababi, men bu klubning sardori ekanligimni tushunaman. Ular men uchun juda ko‘p pul to‘ladi. Nimadir noto‘g‘ri bo‘lganida, juda ko‘p gol o‘tkazib yuborsak, ular meni tanqid qilishadi”, degan Maguayr o‘ziga otilayotgan tana toshlariga ishora qilib.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 19 aprel Angliya Premer ligasining 30-turidan qoldirilgan uchrashuv doirasida “Manchester Yunayted” “Liverpul” maydoniga safar qilib, 4-0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing