Yomon uyquni keltirib chiqaradigan yangi sabablar aniqlandi

Bu qiziq

image

Somnologlarning ma’lum qilishicha, yaxshi uxlay olmaslikka ortiqcha ovqatlanish, jismoniy zo‘riqish va alkogol iste’moli sabab bo‘ladi.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, uxlashdan oldin gadjetlardan foydalanish va televizor qarshisida o‘tirish yomon uyquga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, miltirab turuvchi, xususan, ko‘k chiroq uyqu garmoni – melatoninni ishlab chiqishiga ta’sir qiladi. Va bu uyquning oldini oladi.

Somnologlar uxlashdan oldin televizor ko‘rishni odat qilganlarga har qanday holatda ham jangari filmlarni ko‘rmaslikni tavsiya etishgan. Chunki bunday filmlar tanada uyquni buzadigan stress gormonlarini chiqarishga sabab bo‘ladi.

Uyquni to‘yib ovqatlanish yoki va kuchli taomlar iste’moli ham buzishi aniqlangan. Shu bilan birga, och qorinda uxlash ham zarar ekanligi ta’kidlanmoqda. Eng ma’quli yengil tanovul, deydi olimlar. 

Shuningdek, uxlash oldidan kofe va achchiq choy ichish tavsiya etilmaydi. Spirtli ichimliklar ichish esa, bezovta uyquni keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi. 

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing