Yomg‘ir sabab Toshkent yo‘llarida ko‘paygan o‘ydim-chuqurlar qachon yamaladi?
Jamiyat
−
27 mart 2022 6039 1 daqiqa
Joriy yilda odatdagidan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi. Shu bois, yog‘ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan Toshkent shahridagi ta’mirtalab ko‘chalar soz holatga keltiriladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda odatdagidan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgani bois, shahardagi yo‘llarda jiddiy nosozliklar yuzaga kelib, chuqurliklar soni ham ko‘paygan.
Bu holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan yo‘llardagi nosozliklar xatlovdan o‘tkazilgan, ta’mirlash texnikasi shay holatga keltirilgan.
“Yog‘ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan shahrimizdagi ta’mirtalab ko‘chalarni soz holatga keltirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar boshlab yuboriladi. Buning uchun zarur texnika, mahsulotlar va ish kuchlari yetarli.
Hurmatli hamshaharlar, ayni damdagi noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tez orada poytaxtimiz yo‘llari tekis va ravon holga keltirilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq, “Toshkent metropoliteni” DUK tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir hamda namgarchilik oqibatida yer osti va yer usti qismlarida suv o‘tayotgan stansiyalar kunlar isishi bilan ushbu ta’mir ishlari boshlanishini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr