Yelizaveta II 69 yillik an’anasini buzdi

Olam

image

Bugun, 10 may kuni Buyuk Britaniyaning 96 yoshli qirolichasi Yelizaveta II tarixda uchinchi marta parlament yangi sessiyasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etmadi. Bu haqda kecha, 9 may kuni Bukingem saroyi matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqqan edi.

“Qirolicha vaqti-vaqti bilan harakatlanishda qiyinchiliklarni boshdan kechirishda davom etmoqda va shifokorlari bilan maslahatlashganidan so‘ng, u parlamentning ertaga [10 may] rasmiy ochilish marosimida qatnasha olmasligi haqida istamay qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.

1953 yilda toj kiyganidan beri Yelizaveta II marosimni atigi ikki marta o‘tkazib yuborgan. 1959 va 1963 yillarda u homilador bo‘lgani uchun parlamentga kelmagan. O‘shanda nutq qirolichaning ruxsati bilan Lordlar palatasi spikeri lord-kansler tomonidan o‘qilgan. 

Qirolichaning taxtdan nutq so‘zlashi rasmiyatchilik bo‘lsa-da, Britaniya monarxiyasi uchun bu katta ahamiyatga ega. Uning matni Vazirlar Mahkamasi a’zolari tomonidan yoziladi va Bosh vazir devoni tomonidan tasdiqlanadi. Qirolicha hukumat tomonidan ilgari surilgan takliflarni ma’qullamagan taqdirda ham, unga hech qanday o‘zgartirish kiritishga haqli emas. 

Shuningdek, qirolicha idorasiga ko‘ra, Yelizaveta II Bukingem saroyidagi yozgi qabullarni o‘tkazib yuboradi. 

So‘nggi paytlarda o‘tgan yilning oktyabr oyida omma oldiga birinchi marta hassa bilan chiqqan Yelizaveta II harakatchanlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. U bir nechta rasmiy tadbirlarni o‘tkazib yubordi, xususan, u birinchi marta bu yil 14 aprelda katoliklar va protestantlar tomonidan nishonlanadigan Muqaddas payshanba kuni munosabati bilan ziyofatda qatnashmadi.

Ma’lumot uchun, bu safar parlamentning yangi sessiyasi ochilishida Britaniya taxti vorisi, Uels shahzodasi Charlz nutq so‘zlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing