Yelizaveta II hukmronligi davrida ilk bor shaxsiy samolyotsiz qoladi

Olam

image

Qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy samolyot parki mudofaa xarajatlarini qisqartirish doirasida sotiladi. Shunday qilib, u va qirol oilasining boshqa a’zolari shaxsiy samolyotlarsiz qoladi, deb yozadi “The Telegraph”.

Kelgusi yilda to‘rtta BAE-146 samolyoti Harbiy-havo kuchlaridan olib chiqiladi. Qirolicha o‘z hukmronligida birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi. Katta ehtimol bilan Yelizaveta II Bosh vazir Boris Jonsonning yaqinda modernizatsiya qilingan RAF Voyager samolyotidan foydalanadi.

Ilgari ushbu samolyot havoda yonilg‘i quyadigan samolyot sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 2016 yildan boshlab modernizatsiya qilinganidan so‘ng mamlakat rahbariyati tomonidan sayohat uchun foydalanila boshlandi. Xususan, bortda ofis jihozlandi, 60 ga yaqin biznes-klass o‘rindiqlari, shuningdek, 100 ta iqtisodiy sinf o‘rindiqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, samolyot raketaga qarshi tizim bilan jihozlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing