Yolg‘on chaqiruv: qo‘rqib ketgan Lukashenko harbiy texnikalarni saroy oldiga to‘pladi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning asosiy qarorgohi hisoblangan Minskdagi Mustaqillik saroyi kuchishlatar tuzilma bo‘linmalari va maxsus harbiy texnika bilan o‘rab olindi. Bu haqda “RIA Novosti“ yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, namoyishlarni tarqatishga mo‘ljallangan maxsus guruh hamda harbiy yuk tashuvchi, suv purkagich avtomobillari va tikanli simlar Saperov ko‘chasida turibdi. 

Harbiy texnika Davlat bayrog‘i maydoniga ham keltirilgan va yaqin atrofni avtomat bilan qurollangan xavfsizlik kuchlari qo‘riqlamoqda.

Bunday favqulotda harbiy tayyorgarlikning sababi shundaki, bugun, 25 mart kuni Belarus muxolifati Erk kunini nishonlaydi va shu sababli mamlakatda ommaviy namoyishlar bo‘lishi kutilgan edi.

BYPOL – belaruslik sobiq harbiylarning birlashmasi esa 27 mart kuni mamlakatda namoyishlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan.  Ushbu birlashma Lukashenko hokimiyatini noqonuniy deb hisoblaydi. Aksincha, Tixanovskayani mamlakatning saylangan Prezidenti deb tan olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Respublikadagi norozilik namoyishlari o‘tgan yilning avgustida, Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan beri har xil shiddat bilan bo‘lib o‘tmoqda. Muxolifatchilar ovoz berish natijalariga rozi bo‘lmay, odamlarni norozilik namoyishlariga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing