YeI Ukraina armiyasini tayyorlash uchun missiya tashkil etmoqchi
Olam
−
30 avgust 2022
4192Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasini tayyorlash uchun alohida missiya faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda bugun, 30 avgust kuni YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borrel Pragada bo‘lib o‘tgan YeI mudofaa vazirlarining norasmiy yig‘ilishida ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi murakkab vaziyat fonida Kiyevga yordam berishda davom etadi. Ukraina armiyasini tayyorlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi missiyasini yaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
"Ukraina bizning qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj va biz bu yordamni ko‘rsatishda davom etamiz. Harbiy ta’minotdan tashqari, yordamni kuchaytirib Ukraina armiyasini o‘qitish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi missiyasini ishga tushirishni ham ko‘rib chiqamiz", deydi Borrel.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina askarlarini tayyorlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi missiyasini ishga tushirish Rossiya bilan ziddiyatni kuchaytirmaydi.
“Biz Ukrainani katta hajmdagi qurol-yarog‘ bilan ta’minlayapmiz. Albatta, Rossiya bundan norozi bo‘ladi. Kiyevga barcha turdagi harbiy texnika yetkazib berayotganimiz unga yoqmaydi. Va biz harbiy texnika yetkazib berishda davom etamiz. Lekin qanday qilib harbiylar asbob-uskunalar bo‘yicha o‘qitilmasdan oldin ular bilan ta’minlanishi mumkin” deydi u.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi