YeI tashkilot sanksiyalarini chetlab o‘tishni jinoyatlar ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Kengashi tashkilot tomonidan qo‘llaniladigan sanksiyalarni aylanib o‘tishni jinoyatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Tashkilot 28 noyabr kuni Bryusselda tegishli bayonotni e’lon qilgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

“Kengash bugun bir ovozdan cheklovchi choralarga rioya qilmaslikni Yevropa Ittifoqi faoliyati to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilgan “Yevropa Ittifoqi jinoyatlari” ro‘yxatiga qo‘shishga qaror qildi”, deyiladi bayonotda.

Kengash bu qaror Rossiyaga qarshi sanksiyalar munosabati bilan qabul qilinganini ta’kidlamoqda.

“Ushbu sanksiyalar to‘liq amalga oshirilishi juda muhim. Hozirda a’zo davlatlar cheklovchi choralarning buzilishi nima ekanligi va buzilgan taqdirda qanday jazo choralarini qo‘llash kerakligi haqida turli xil ma’lumotlarga ega. Bu turli darajadagi sanksiyalarga olib kelishi mumkin. Ushbu choralarni chetlab o‘tish xavfi, bu sanksiyalar ostida bo‘lganlarga o‘z aktivlariga kirishni davom ettirishga va Yevropa Ittifoqi choralari nishonga olgan rejimlarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi”, deya izohladi kengash.

Hujjatda cheklovchi choralarni buzishni “Yevropa Ittifoqi jinoyatlari” ro‘yxatiga kiritish tashkilot oldidagi muhim ikki qadamning birinchisi ekani ta’kidlangan.

“Bu butun Yevropa Ittifoqi hududida bir xil darajada sanksiyalarni qo‘llashni ta’minlash va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tish yoki buzishga urinishlarning oldini olishga qaratilgan ikki qadamning birinchisidir”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, ushbu qarordan so‘ng Yevrokomissiya jinoiy huquqbuzarliklarni belgilash va Yevropa Ittifoqining cheklovchi choralarini buzganlik uchun jazolarga oid minimal qoidalarni o‘z ichiga olgan direktiva bo‘yicha taklif kiritadi. Keyin ushbu direktiva loyihasi Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa Parlamenti tomonidan muhokama qilinishi va ma’qullanishi kerak.

Bir necha oy oldin Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari siyosiy darajada Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishni jinoyatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing