YeI sudi Alisher Usmonovning da’vosini rad etdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) oliy sudi Alisher Usmonovning apellyatsiyasini rad etdi – u sanksiyalar ro‘yxatida qoladigan bo‘ldi. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar berdi.        

Nashrning yozishicha, metallurgiya magnati Alisher Usmonovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan "hamtovoqligi" tufayli YeI sudi uning apellyatsiyasini rad etgan. Shuningdek, YeI tadbirkorning Ukraina bilan harbiy mojaroda Rossiya rasmiylarini qattiq qo‘llab-quvvatlaganini ham qo‘shimcha qilgan. 

"Forbes" jurnalining qayd etishicha, Usmonov bir necha bor Putinning soxta yuzi bo‘lib, uning biznes-muammolarini hal qilgan. 

Usmonovning o‘zi esa oldinroq to‘plagan boyligi va jamoatchilik e’tibori markazida bo‘lgani uchun ham siyosatchilar tomonidan nohaq ayblanayotganini aytgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning mart oyidan beri asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Putinga aloqadorlikda ayblanib, YeIning sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi. Keyinroq, YeI milliarderning singlisi Saodat Nurziyevaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlagandi. 

Bundan tashqari, xorijiy nashrlarda O‘zbekiston hukumati ham Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘rab YeIga murojaat qilgani va unga huquqiy yordam taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq milliarder Alisher Usmonov YeIning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganiga norozilik bildirib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing