YeI Rossiyaning agressiyasi bo‘yicha xalqaro sud tuzib, Putinni javobgarlikka tortmoqchi

Olam

image

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukrainadagi urush uchun Rossiyaning yuqori mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish uchun "ixtisoslashtirilgan sud" yaratish g‘oyasini ilgari surdi. 

Ursula fon der Lyayen o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va millionlab odamlarning o‘z uylarini tark etishiga majbur qilgan qurolli mojaroning boshlanishiga aloqador rossiyalik amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ixtisoslashtirilgan tribunal yaratishni taklif qildi. 

“Xalqaro jinoiy sud harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etar ekanmiz, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida Rossiya Federatsiyasining tajovuzkorligini tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun ixtisoslashtirilgan sudni yaratishni taklif qilamiz”, deydi u. 

Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bu g‘oyani olqishlab, “Rossiya jinoyatlar va vayronagarchiliklar uchun badal to‘laydi”, deb ta’kidladi. Biroq, bu tashabbus allaqachon jiddiy huquqiy va siyosiy to‘siqlarga duch kelgan. 

Asosiy muammo shundaki, Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya ustidan yurisdiksiyaga ega emas, chunki Moskva ushbu sudda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvni imzolamagan. 

Shunday qilib, bu tribunal faqat Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarning aniq holatlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Shunga qaramay, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, mamlakat Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri lavozimda bo‘lgan davrida jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 

Xalqaro jinoiy sud Rossiyani Ukrainadagi urush uchun javobgarlikka tortishning yagona yo‘li – BMT Xavfsizlik Kengashidan bu haqdagi qarorni olishdir, bu mumkin emas, chunki Kengashda doimiy o‘ringa ega bo‘lgan Rossiya veto qo‘yadi.

Buning o‘rniga, Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida Rossiyaga qarshi jinoiy tajovuz bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish vositasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan sud tashkil etishni taklif qilmoqda, shu bilan birga urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni Xalqaro jinoyat sudi vakolatiga qoldiradi.  

Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudiga mezbonlik qilgan Niderlandiya o‘z hududida yangi sud tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi. 

“Xalqaro hamjamiyat sifatida biz uchun muammo adolatga erishishdir”, deydi Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra Buxarestda NATO Tashqi ishlar vazirlari sammitida jurnalistlarga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xalqaro jinoyat sudi orqali, balki boshqa choralar bilan ham amalga oshirilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing