YeI Rossiyaning 300 mlrd yevro zaxirasini blokdan chiqarish shartini ochiqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning G‘arb davlatlaridagi muzlatib qo‘yilgan 300 milliard yevrolik oltin-valyuta zaxiralari Ukrainani rasmiy Moskva ishtirokida tiklash jarayoni boshlangunga qadar kafolat sifatida saqlanishi mumkin. Bu haqda Adolat va qonun ustuvorligi bo‘yicha Yevropa komissari Dide Reynders ma’lum qildi.

Reyndersga ko‘ra, rasmiy Kiyev bu mablag‘larni urushdan keyingi qayta tiklash uchun sarflashni ko‘zlayapti.

“Mening fikrimcha, bu 300 milliard yevro hech bo‘lmaganda Rossiya restavratsiyada ixtiyoriy ravishda ishtirok etmaguncha kafolat sifatida saqlanishi mumkin”, dedi Yevropa komissari.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqidagi sanksiyalar doirasida 90 kishining mulki muzlatilganini, 7 davlatda 17 milliard yevrodan ortiq, ulardan 2,2 milliardi Germaniyada ekanini ma’lum qildi.

Yevrokomissiya vakili Kristian Vigand ham xuddi shunday miqdorni aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

581

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing