YeI Rossiyani “kulrang ro‘yxat”ga kiritmoqchi
Olam
−
11 fevral 2022
8369Yevropa Ittifoqi Rossiyani soliq sohasining kulrang, deb ataladigan ro‘yxatiga kiritishga tayyorlanyapti. Bu haqda “EUobserver” nashri hujjat loyihasiga tayanib, xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxat 15 tadan 25 ta yurisdiksiyagacha kengaytiriladi. Unga Rossiyadan tashqari Isroil, Bermud va Britaniyaning Virjiniya orollari kiradi.
Taxminlarga ko‘ra, ro‘yxatning yangi tahriri joriy yilning 24 fevral kuni Yevropa kengashi yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Oxfam xalqaro tashkiloti vakili Kyara Putaturoning ma’lum qilishicha, ro‘yxatga kiritiladigan o‘zgartirishlar Yevropa Ittifoqi mezonlarini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, qora ro‘yxatga Yevropa Ittifoqi bilan soliq sohasida hamkorlik qilishdan bosh tortgan yoki soliq tizimlarini boshqarishdagi kamchiliklar bilan ishlagan davlatlar kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu ro‘yxat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarga hissa qo‘shish uchun mo‘ljallangan.
Kulrang ro‘yxatga esa o‘z soliq siyosatini o‘zgartirish majburiyatini olgan yurisdiksiyalar kiradi. Yevropa Ittifoqi ushbu majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
LiveBarchasi