YeI Rossiyani asosiy daromad manbaidan mahrum qilmoqchi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi joriy yilning 10 may kuni Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketini qabul qilishi mumkin. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrelga ko‘ra, blok tashqi ishlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi bosqichini ma’qullashga umid qilmoqda.

Yangi paket Rossiyaning energiya eksportini cheklab qo‘yishi, jumladan, Rossiya neftini sotib olishga embargo qo‘yishi mumkin. Bu esa Moskvani asosiy daromad manbaidan mahrum qiladi.

Sanksiyalar paketini qabul qilish uchun uni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ma’qullashi kerak. Ular hali ham bu masalada ikkilanyapti. 

“Ammo men ishonamanki, Kengashning navbatdagi yig‘ilishigacha hech bo‘lmaganda neft importi bo‘yicha bu kelishuvga erishish mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Kengashning navbatdagi yig‘ilishlari 10 va 16 may kunlariga belgilangan.

“The Guardian” gazetasining yozishicha, Yevropa Komissiyasi Vengriya va Slovakiyani Rossiya neftiga qaramligini inobatga olgan holda rus neftini sotib olishga qo‘yilgan embargodan ozod qilishi mumkin.

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya o‘tgan yili neft va neft mahsulotlari importining 58 foizini Rossiyadan olgan. Mamlakat Rossiya neftiga qattiq qaram va energiya bilan bog‘liq sanksiyalarga qo‘shilmasligini bir necha bor aytgan. Slovakiya esa ta’minotning 96 foizini Rossiyadan olgan.  

“Reuters” manbasiga ko‘ra, 27 davlatdan iborat blokni birdamligini saqlab qolish uchun komissiya Slovakiya va Vengriyaga embargo kiritmaslik yoki uzoq o‘tish davridan foydalanmaslik huquqini taklif qilishi mumkin.

Komissiya rasmiylarining aytishicha, neft embargosi bosqichma-bosqich kiritiladi va kelgusi yilning boshida kuchga kirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing