YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Yevropa Ittifoqi kengashining nizomi tashkilot rasmiy jurnalida chop etildi.

Bayonotda aytilishicha, Rossiyaga qarshi cheklov choralari 2024 yil 24 fevralgacha uzaytirilishi kerak. Qaror jurnalda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Hozircha boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Hozirga qadar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 1386 jismoniy shaxs va 171 kompaniya kiritilgan.

Shuningdek, Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishda davom etishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing