YeI Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Unda nimalar taqiqlandi?

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukrainada davom etayotgan harbiy amaliyot tufayli Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqladi. Ro‘yxatga yirik kompaniyalardan tortib, Kremlning yuqori martabali amaldorlarigacha kiritilgan. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni YeI kengashi ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

“Kengash bugun Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketini qo‘llashga qaror qildi”, deyiladi bayonotda.

Beshinchi paketga quyidagilar kiradi:

•  Rossiya kemalarining Yevropa portlariga kirishini taqiqlash;

•  yoz oxirida kuchga kiradigan Rossiya ko‘miriga embargoni tasdiqlash;

•  Yevropa Ittifoqi hududida yuklarni avtomobil transportida, shu jumladan tranzit orqali tashishga to‘sqinlik qiladigan har qanday Rossiya va Belarus avtotransport kompaniyalariga taqiq o‘rnatish; 

•  Rossiya Federatsiyasiga reaktiv yoqilg‘i, kvant kompyuterlari, yarim o‘tkazgichlar, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklarni olib kirishni taqiqlash.

•  Dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklarni olib kirishni taqiqlash.

•  Mamlakatning to‘rtta asosiy banki uchun tranzaksiyani taqiqlab, aktivlarini muzlatish. 

•  Rossiya va Belarusdagi yuridik shaxslarga Yevropa Ittifoqi davlatlarining valyutalaridagi banknotlar va qimmatli qog‘ozlarni sotishni taqiqlash va kriptovalyutalar bilan operatsiyalar uchun taqiqlarni kengaytirish; 

•  Rossiya Federatsiyasi va Belarus mansabdor shaxslari, tadbirkorlar va ularning oila a’zolari kiritilgan “qora ro‘yxat”ni kengaytirish.

YeI bayonotida aytilishicha, 2022 yil avgustidan boshlab Rossiyadan ko‘mir va boshqa qattiq qazilma yoqilg‘ilarni sotib olish, import qilish yoki Yevropa Ittifoqiga o‘tkazish, Rossiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan kemalarga YeI portlariga kirish taqiqlanadi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, insonparvarlik yordami va energetika uchun istisno qilingan.

Sanksiyalarning beshinchi paketida yog‘och, sement, o‘g‘it, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklar kabi mahsulotlarga yangi import taqiqlari ko‘zda tutilgan. Eksport va import bo‘yicha kelishilgan taqiqlar mos ravishda atigi 10 milliard va 5,5 milliard yevroni tashkil etadi.

“Kengash mahsuloti yoki texnologiyalari bosqinchilikda rol o‘ynagan kompaniyalarga, asosiy oligarxlar va ishbilarmonlarga, Kremlning yuqori martabali amaldorlariga, Rossiyaning harbiy tajovuzkorligi haqidagi Kreml ertaklarini muntazam ravishda tarqatayotgan ma’lumotlarning manipulyatsiyasi va dezinformatsiyasi tarafdorlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qildi”, deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing