YeI Rossiyada siyosiy beqarorlik yuzaga kelgan taqdirda strategiya ishlab chiqadi – Borrel

Olam

image

Yevropa Ittifoqi “Rossiyada siyosiy beqarorlik” yuzaga kelgan taqdirda strategiya ishlab chiqadi, ammo bunday strategiya hozirda mavjud emas. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni YeI Tashqi ishlar xizmati rahbari Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi kengashining Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Unda Borrel “Rossiyada kelajakda siyosiy beqarorlik yuzaga kelgan taqdirda Yevropa Ittifoqining strategiyasi bormi?”, degan savolga javob berar ekan, shunday degan:

"Bunday strategiyani tezda ishlab chiqish mumkin emas, bor-yo‘g‘i 24 soat o‘tdi. Lekin hozir biz uning ustida ishlaymiz, maslahatlashuvlar o‘tkazamiz. Ammo siz tushunib olishingiz kerakki, sodir bo‘lgan voqea faqat Rossiyaning ichki ishi, bizning bunga hech qanday aloqamiz yo‘q".

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi sodir bo‘lgan voqealarni tahlil qilib, bu borada ish boshlaydi. 

"Biz ishlaymiz, hamma mumkin bo‘lgan barcha ssenariylar tahlil qilinadi", deya qo‘shimcha qilgan Yevropa diplomatiyasi rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing