YeI Rossiya neftiga yuqori narx chegarasini belgiladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan keladigan neft narxiga maksimal cheklov joriy etish qarorini e’lon qildi. Bu haqda YeIning rasmiy jurnalida keltirilgan.

“Tankerlarga savdo yoki tashish bilan bog‘liq texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan kemalar o‘rtasida uchinchi mamlakatlarga (Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga) xom neft yoki neft mahsulotlarini yetkazib berish taqiqlanadi", deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Rossiya hududi orqali tranzit sifatida yetkazib beriladigan neftni, agar Rossiyada ishlab chiqarilmasa va Rossiya fuqarosi yoki kompaniyasiga tegishli bo‘lmasa, yuqori narxda tashish mumkin bo‘ladi.

Hujjatda bir barrel neft narxi 60 dollar deb ko‘rsatilgan.

Rossiyada neft mahsulotlari uchun narx chegarasi Yevropa Ittifoqida 5 fevraldan kuchga kirishi kerak. Narxni aniqlash tartibi hali kelishilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing