YeI Rossiyaga qarshi ba’zi sanksiyalarni yumshatish niyatida – “Politico”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bir qismini yumshatib, Rossiya o‘g‘itlari, sement va boshqa mahsulotlarni tashishga qo‘yilgan taqiqni samarali ravishda bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Politico” gazetasi yuqori martabali amaldorlar va diplomatlarga tayanib xabar berdi.

“Dunyo bo‘ylab oziq-ovqat va energiya xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim tovarlar, jumladan, ko‘mir va unga aloqador mahsulotlarni tashishga ruxsat berish kerak”, deyiladi xabarda.

Yo‘riqnomada o‘g‘itlar, yog‘och va ba’zi sement mahsulotlari haqida ham aytilgan.

Nashrga ko‘ra, YeI Gretsiya, Kipr va Malta Rossiya neftini tankerlarda tashishga cheklovlar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlashi uchun bu imtiyozlarni beryapti. Shuningdek, bu yumshatishlar transport industriyasidan olinadigan foydaga tayanadigan mamlakatlar uchun kompensatsiya sifatida xizmat qiladi.

“Afina va Nikosiya shaharlari Rossiya neftini tashishdan katta daromad oladi va o‘tgan sanksiyalar paketini qabul qilish choralariga qarshi chiqdi”, deyiladi gazeta xabarida.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi dunyoda energiya xavfsizligini ta’minlash maqsadida Rossiya ko‘mirini tashishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing