YeI Rossiya aktivlarini sarflash imkoniyatini o‘rganyapti – “Bloomberg”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya bankining muzlatilgan aktivlarining bir qismidan Ukrainani qayta tiklash uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni manbalarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, muhokama dastlabki bosqichda. Yuridik ekspertlar Rossiya bankining Yevropada joylashgan zaxiralarining bir qismini tortib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, bunday qarorlar qonunchilik bazasini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

“Bloomberg” manbalarining aytishicha, bu masala Qo‘shma Shtatlarda ko‘tarilgan, ammo rasmiy Vashington shunga o‘xshash choralar ko‘rishi noma’lum. Shunday qilib, may oyida AQSH G‘aznachiligi vakillari Rossiya aktivlarining musodara qilinishi boshqa mamlakatlarning markaziy banklari AQSHda mablag‘larini joylashtirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Oktyabr oyi oxirida Yevrokomissiya vakili Kristian Vigand ORF radiosi orqali Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlari miqdori 17,5 milliard yevroni tashkil etishini ma’lum qildi. Gap sanksiyalar ostidagi 1350 nafar jismoniy shaxs va tashkilotlarning mol-mulki haqida bormoqda. Aksariyat aktivlar Germaniya, Belgiya, Fransiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Italiya va Avstriyada bloklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing