YeI Kengashi Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirishni to‘xtatdi
Olam
−
09 Sentabr 2022
2632Yevroittifoq Kengashi Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib turish haqidagi qarorni ma’qulladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi qonun chiqaruvchi organi xabar berdi.
Qaror 12 sentyabrdan kuchga kiradi.
“Bu viza to‘lovining 35 yevrodan 80 yevrogacha oshishiga, qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurligiga, viza berish muddatining ko‘payishiga va bir nechta vizalar berish qoidalarining qattiqlashishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.
Chexiya Ichki ishlar vaziri Vit Rakushanning ta’kidlashicha, vizani soddalashtirish bo‘yicha kelishuv Praga bilan umumiy qadriyatlarga ega bo‘lgan ishonchli hamkorlar fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqiga imtiyozli kirishni ta’minlaydi.
Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, xalqaro hamjamiyatning bu ishonchiga putur yetkazgan va asosiy qadriyatlarini oyoq osti qilgan.
"Bugungi qaror Rossiya harakatlarining bevosita oqibati va bizning Ukraina va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligimizning yana bir dalilidir", deydi Rakushan.
LiveBarchasi