YeI davlatlarida suverenitetini saqlab qolish uchun bitta yo‘l bor – Volodin

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning birdamlik qarorlarini qabul qilish tamoyilining bekor qilinishi va veto huquqidan voz kechilishi alohida davlatlar va ularning fuqarolarining fikri endi inobatga olinmasligini bildiradi. O‘z suverenitetini saqlab qolish niyatida bo‘lgan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning esa blokdan chiqishdan boshqa yo‘li yo‘q. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin shunday fikr bildirdi.

“Yevropada millionlab odamlar ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Ularning davlatlari o‘z suverenitetini butkul yo‘qotadi. Agar bugungi kunda YeI tarkibiga kiruvchi davlatlar suverenitetini saqlab qolishni va o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishni istasa, ularda faqat bitta yo‘l qoldi – Yevropa Ittifoqidan chiqish”, deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Volodinga ko‘ra, Yevroparlamentning Yevropa Ittifoqini chuqur isloh qilish bo‘yicha takliflari “Yevropa birligi barbod bo‘layotganini” bildiradi. 

“Tasdiqlangan qarorlar qatorida birgalikda qaror qabul qilish tamoyilini bekor qilish ham bor. Boshqacha aytganda, YeI a’zolarining veto huquqidan mahrum etish taklif qilinmoqda. Ayrim davlatlarning, demak, ularning fuqarolarining fikri endi qabul qilinmaydi” deydi Volodin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq vaziyat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bu borada birdamlik yo‘qligini ko‘rsatdi.

“Shuning uchun biz yillar davomida mavjud bo‘lgan tamoyildan voz kechib, qaror qabul qilishning boshqa shakllarini izlash kerak”, deb ta’kidladi Davlat Dumasi spikeri.

U bunday harakatlar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar suverenitetidan mahrum qiladi.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, bu holatda “muayyan davlat fuqarolari oldida narxlar ko‘tarilganda, ishsizlik, iqtisodiyotdagi muammolar hisobga olinmasdan qabul qilingan qarorlar natijasida kim javobgar bo‘ladi, degan savol tug‘iladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing