YeI davlatlari Xorvatiyani Shengen zonasiga kiritishga rozi bo‘ldi
Olam
−
08 dekabr 2022
4060Yevropa Ittifoqi davlatlari Xorvatiyaning Shengen hududiga qo‘shilishini rasman ma’qulladi. Bu haqda bugun, 8 dekabr kuni Bosh vazir Andrey Plenkovich Twitter’dagi sahifasida yozdi.
“Xorvatiya ichki ishlar va adolat bo‘yicha kengash tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi – 2023 yil 1 yanvardan boshlab biz Shengen kelishuviga a’zo bo‘lamiz”, deydi Plenkovich.
Ma’lumot uchun, Shengen hududiga yagona chegara nazorati tizimiga ega 26 Yevropa Ittifoqi davlati kiradi. Yevrokomissiya 16 noyabr kuni Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiyaning Shengen hududiga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi va Yevropa Ittifoqi kengashiga ushbu qarorni tasdiqlashni tavsiya qildi.
LiveBarchasi