YeI davlatlari gazni tejashga kelishib oldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari vakillari gaz iste’molini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha favqulodda reja bo‘yicha kelishib oldilar. Bu haqda DPA agentligi diplomatlarga tayanib xabar tarqatdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi reja bugun, 26 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan ittifoq energetika vazirlarining maxsus yig‘ilishida tasdiqlanadi.

Diplomatlar DPA agentligiga Yevropa Komissiyasi (YeK) tomonidan taklif qilingan rejaga ko‘ra, mamlakatlar 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil 31 martgacha bo‘lgan davrda gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga kamaytirishi kerakligini tasdiqlagan.

20 iyul kuni YeK Yevropa Ittifoqi davlatlari 2023 yil 31 martgacha gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga qisqartirish bo‘yicha rejalarni sentyabr oyi oxirigacha taqdim etishi kerakligi haqidagi hujjatni e’lon qildi. Hozirgacha Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya bu taklifga qarshilik bildirgan. Loyiha bloklanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing