YeCHLda g‘alabaga haqli edik – Muhammad Saloh

Sport

image

Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubining hujumchisi Muhammad Saloh jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozonishga haqli bo‘lganini aytdi. U bu haqda “France Football” nashriga bergan intervyusida so‘z ochgan.

“Biz g‘alaba qozonishga haqli edik. Bizda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Menda 2-3 ta yaqqol imkoniyat bor edi, ammo Tibo Kurtua aql bovar qilmaydigan seyvlarni amalga oshirdi. Ha, bu g‘oliblik Kurtuaning xizmatlari edi. Mana shunday qahramonliklari uchun "Real Madrid" u bilan shartnoma imzolagan. 2022 yil 29 may Tiboning oqshomi edi”, degan misrlik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer ligasining o‘tgan mavsumida "qizillar" 38 o‘yinda 92 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Yurgen Klopp jamoasi o‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi finalida esa “Liverpul” “Real Madrid”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing