YeCHLda hafta qahramoni bo‘lishga da’vogarlar nomi e’lon qilindi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasining yarim final javob o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (3:1) 8 ta zarbani bartaraf etdi va bahsning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi. U haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga ham asosiy da’vogardir.

Yana bir nomzod "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Real" bilan o‘yinda “shaharliklar” tarkibidagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. Uning uzatgan to‘plari 90 foiz sheriklariga aniq yetib borgan.

"Liverpul" yarim himoyachisi Luis Diaz "Vilyarreal" bilan o‘yinda (3:2) gol urdi va darvoza tomon 4 ta zarba berdi. Kolumbiyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, bahsni “qizillar” tomonga burib yubordi.

Shuningdek, “Vilyarreal” yarim himoyachisi Frensis Koklen ham hafta qahramoni bo‘lishga da’vogar. U “Liverpul” bilan o‘yinda (2:3) gol urdi va 83 foiz aniq uzatmalarni amalga oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, YeCHL finaliga “Liverpul” hamda “Real Madrid” jamoalari yo‘l oldi. Final joriy yilning 28 may kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing