YeCHL: Karim Benzema “Chelsi”ni tiz cho‘ktirdi. “Vilyarreal”dan sensatsion g‘alaba

Sport

image

Kecha, 6 aprel oqshomida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bahslari dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning “Real” klubi Londonning “Chelsi” jamoasi mehmoni bo‘ldi va Karim Benzemaning fenomenal o‘yini evaziga 3-1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Natijada, javob uchrashuvi oldidan “los blankos” yarim final tomon ulkan qadam tashladi.

Kunning ikkinchi o‘yinida “Vilyarreal” o‘z uyida kutilmaganda Germaniyaning “Bavariya” klubi mag‘lubiyatga uchratdi. “Bavariya” qanchalik harkat qilmasin 8 daqiqada Danjuma tomonidan kiritilgan golga javob qaytarishning uddasidan chiqmadi. Aksincha, “Vilyarreal”da yana bir nechta gol urush uchun imkoniyat vujudga keldi, biroq ular ham vaziyatlarni ko‘kka sovirishdi.

"Chelsi" Angliya – "Real" Ispaniya
"Stemford Brij"

Gollar: 0:1 – 21 Benzema, 0:2 – 24 Benzema, 1:2 – 40 Xaverts, 1:3 – 46 Benzema.

"Chelsi" – Mendi, Djeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Kovachich, 46), Aspilikueta, Jorjino (Loftus-Chik, 64), Kante (Ziyesh, 46), Pulishich (Lukaku, 64), Maunt, Xaverts.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Nacho, 64), Mendi, Modrich, Kroos (Kamavinga, 74), Kazemiro, Valverde (Sebalos, 86), Benzema (Beyl, 86), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Militao (14), Ryudiger (19).

“Vilyarreal” – “Bavariya”  1-0
"Estadio de la Seramika»

Gol: 1:0 – 8 Danjuma.

“Vilyarreal” – Ruli, Foyt (Ore, 81), Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 59), Kapu, Parexo, Jerar Moreno, Dandjuma (Chukvueze, 81).

“Bavariya”– Noyer, Pavar (Zyule, 71), Ernandes, Upamekano, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Musiala, Myuller (Goretska, 62), Levandovski, Koman.
Ogohlantirish: Estupinyan (74).

Ma’lumot o‘rnida, 5 aprel kuni chorak final doirasidagi dastlabki ikki o‘yin o‘tkazilgandi. Unda “Manchester Siti” “Atletiko”ni 1-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Liverpul” “Benfika”ni 3-1 hisobida taslim qilgan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing