Yashnoboddagi podstansiyada avariya. Vazir o‘rinbosari voqea joyiga yetib bordi
Jamiyat
−
30 avgust 2022
8075Bugun, 30 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Hosilot” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev nosozlik bartaraf etilayotgan joyga yetib bordi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ushbu podstansiya Mirobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Nosozlik natijasida Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzabod, Eski Otchopar va Oqbilol ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
“Hozirda avariyaga qarshi maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi ta’minoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
LiveBarchasi