Yashnobod aholisining muammosi 10 kunda hal etiladi – Toshkent hokimligi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasidagi 25, 27, 8, 8-a uylarda yashovchi aholi joriy yilning 19 avgust kuni issiq suv va issiqlik ta’minotidagi muammolar bo‘yicha video murojaat yo‘lladi.

Poytaxt hokimligi mavjud muammolarni o‘rganib, 10 kunda ijobiy hal etilishiga vada berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, murojaat chiqishidan avval mazkur turar-joy uylari “O‘zdonmahsulot” AJga tegishli qozonxonadagi issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan. “O‘zdonmahsulot” AJ texnologik jarayonlari ta’mirlanganligi bois, ushbu uylarda issiqlik ta’minoti to‘xtatildi. 

Ta’kidlanishicha, vujudga kelgan vaziyatni hal qilish uchun Toshkent shahar hokimligi va “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan yangi issiqlik trassasini qurish va ushbu uylarni “Aviashaharcha-22” lokal qozonxonasiga ulash bo‘yicha ishlar boshlandi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan uylarning qozonxonaga ulanishi “Aviashaharcha-22” qozonxonasiga ulangan turar-joylarning issiqlik ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun lokal qozonxona uskunalarining quvvatini oshirish ishlari olib borilmoqda va uzunligi 384 p/m bo‘lgan yangi issiqlik trassasi qurilmoqda. 

“Shunga ko‘ra, lokal qozonxona uskunalarini rekonstruksiya qilish uchun 95 mln so‘m va yangi issiqlik trassasi qurilishi uchun 1 mlrd 15 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.  Ishlar 24 avgust kuni boshlanib, 10 kun ichida yakunlanadi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing