Yashash uchun yaroqli ikki yulduzli sayyoralar aniqlandi

Bu qiziq

image

Birlashgan Arab Amirliklari va AQSH olimlari qaysi juft yulduzli sayyoralar tizimlari yashashga yaroqli planetalarga ega bo‘lishini aniqladilar. Astronomlarning topilmalari “Frontiers in Astronomy and Space Sciences” jurnalida chop etilgan. Ilmiy ishlar haqida “Science Alert” xabar beradi.

Tadqiqotchilar Kepler kosmik teleskopi tomonidan to‘qqizta – Kepler-16, Kepler-34, Kepler-35, Kepler-38, Kepler-64, Kepler-413, Kepler-453, Kepler-1647 va Kepler-1661 sayyora tizimida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qildilar. Bunda yulduzning vazni, yorug‘ligi hamda ekzoplanetaning tizim quyoshidan qanchalik uzoqdaligi inobatga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rib chiqilgan aksar tizimlarda gigant sayyoralarning borligi u yerda yashash mumkin bo‘lgan planeta borligidan dalolat beradi. 

Xususan, Kepler-16 va Kepler-1647 tarkibida ulkan gaz gigantlari mavjud. Ammo ular yashashga yaroqli barqaror muhitni yaratish uchun noqulay joylashgan. Biroq Kepler-34, Kepler-35, Kepler-38, Kepler-64 va Kepler-413 yashash uchun yaroqli sayyoralarga ega bo‘lish ehtimoli yuqori. 

Biroq, bir cheklov mavjud, bu – ekzoplaneta orbitasining barqarorligi. Agar sayyora yashashga yaroqli zonani tark etsa, uning okeanlari qaynab ketishi yoki atmosfera bilan birga muzlashi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha yil oldin NASA atmosfera va strukturasi ham yerga o‘xshash sayyora borligini ma’lum qilgandi. Bu aynan Kepler-452b planetasi edi. U Yer kabi o‘zining yulduzi atrofida aylanadi. Yangi kashf qilingan sayyoraning hajmi Yernikidan 60 foiz katta edi. O‘sha vaqtda uni mukammalroq o‘rganish uchun kerakli texnikalarning mavjud emasligi tadqiqot ishlarini biroz kechiktirgan.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing