Yarim tungacha yozilgan ma’ruza, yurakdagi armonlar, o‘z so‘zini aytayotgan boshqa nomzodlar

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 sentyabr kuni samarqandlik saylovchilar bilan uchrashish uchun ushbu viloyatga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ushbu uchrashuvda moderatorlik qilyapti.

Prezident saylovchilar bilan uchrashuvda partiyalardan ko‘rsatilgan boshqa nomzodlar ham o‘z so‘zini aytayotganini ta’kidlagan. 

“Vaqt – hakam. 5 yil qanday tez o‘tib ketdi. Mening yuragimda hali ko‘p-ko‘p armonlarim bor. Xalqimizning ertangi kunini o‘ylayman. Mana saylovda partiyalardan ko‘rsatilgan 5 ta nomzod bor, ular ham o‘z so‘zini aytyapti”, deydi Mirziyoyev.

Ushbu nomzod, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishda tungi soat 2-3 gacha ma’ruza matnini yozganini ta’kidlagan.

“Samarqandning muammolarini men bilaman. Ma’ruzamni tungi 2-3 gacha yozdim. Kecha kechqurun Turdimovga ham qo‘ng‘iroq qildim. Samarqandda nimani o‘zgartirish kerak, Oqdaryoda nima qilish kerak, Ishtixonda nima bo‘lishi kerak? Bularni tahlil qilib keldim. Men ma’ruzani qisqa qilib, ko‘proq sizlar bilan muloqot qilmoqchiman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing