Yaponiyaning yuzinchi Bosh vaziri saylandi

Olam

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng, Fumio Kisida mamlakatning yuzinchi Bosh vaziri etib saylandi. Shuningdek, u Yaponiya Liberal-demokratik partiyacining rahbari ham bo‘ldi. Bu haqda “swissinfo.ch” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kisida va Taro Kono Bosh vazir saylovlarining ikkinchi turida o‘zaro kurash olib borgan. Kisida parlament deputatlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijasida 427 ovozdan 257 tasini qo‘lga kiritgan. Sobiq Mudofaa va tashqi ishlar vaziri Kono esa 170 ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa Kisida Liberal-demokratik partiyasining yangi yetakchisi va Yaponiyaning yuzinchi Bosh vaziriga aylandi.

Saylovda bu ikki nomzoddan tashqari Sanae Takaiti va Seiko Noda ham kurash olib bordi. Ammo ular birinchi turda yetarli ovoz to‘play olmasdan kurashni tark etdi.

Mamlakatning yangi Bosh vazirini tasdiqlash 4 oktyabr kuni parlamentda o‘tkazilishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, Kisida 1957 yilda Xirosima prefekturasida tug‘ilgan. U 1982 yilda Vaseda universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 2007-2008 yillarda Okinava va “Shimoliy hududlar” vaziri, 2012-2017 yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Uning 4 oktyabr kuni yangi lavozimga kirishishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yildan buyon Sindzo Abe Yaponiyada Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgandi. Ammo 2020 yil sentyabr oyida u sog‘lig‘idagi muammolari sabab, lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Yoshixide Suga egalladi.

Biroq, joriy yilning sentyabr oyi boshida Bosh vazir Yoshixide Suga bo‘lajak saylovlarda qatnashmasligini e’lon qildi. Bunga o‘sha vaqt uning hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi samarasiz kurash olib borgani uchun tanqid ostida qolgani sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing