Yaponiyada yangi hukumat tuzildi
Olam
−
10 avgust 2022
4785Bugun, 10 avgust kuni Yaponiya hukumati va hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Yangi Vazirlar Mahkamasi o‘tgan yilning kuzida hukmron LDP boshqaruviga kelgan Bosh vazir Fumio Kisida uchun ikkinchisi bo‘ldi.
Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokazu Matsuno Tokioda mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini e’lon qildi.
Mudofaa vazirligining yangi rahbari Yasukadzu Xamada bo‘ldi, u 2008-2009 yillarda ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. Sobiq Mudofaa vaziri Nobuo Kisi Bosh vazirning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan.
Hozirgacha koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha mas’ul bo‘lib kelgan va o‘tmishda Iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimida ishlagan Yasutosi Nisimura Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik uchun mas’ul vazir bo‘lgan.
Hukmron Liberal-demokratik partiya siyosiy kengashi rahbari Sanae Takaiti Iqtisodiy xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. Endi uning lavozimini shu paytgacha Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri lavozimida ishlab kelgan Koiti Xagiude egallagan. Yaponiya sobiq Tashqi ishlar va mudofaa vazirligi rahbari Taro Kono Raqamlashtirish vaziri etib tayinlangan.
Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri lavozimini Bosh vazirning maslahatchisi bo‘lgan Minor Teradaga egallagan. Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga yana Katsunobu Kato tayinlangan.
Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi, Moliya vaziri Syun’iti Sudzuki, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno va Iqtisodiy tiklanish vaziri Daysiro Yamagiva, shuningdek Koronavirusga qarshi kurash shtabiga rahbarlik qiladigan va startaplarni ilgari surish uchun mas’ul bo‘lganlar o‘z lavozimlarini saqlab qolgan. Davlat yerlari, transport, infratuzilma va turizm vaziri Tetsuo Sayto ham o‘z lavozimida qolgan.
Koiti Tani Davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbari va tabiiy ofatlarning oldini olish vaziri bo‘lgan. Adliya vaziri lavozimi Yasuxiro Xanasiga berilgan. Keyko Nagaoka Yaponiya ta’lim vaziri etib tayinlangan. Tetsuo Nomura Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligini boshqaradi. Hududlarni shakllantirish va rivojlantirish vaziri lavozimini Naoki Okada egallagan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Akixiro Nisimura. Liberal-demokratik partiya rahbariyatida LDP raisi o‘rinbosari Taro Aso va partiya bosh kotibi Tosimitsu Motegi o‘z lavozimlarini saqlab qolgan. Bugun yangi vazirlar mahkamasi a’zolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan o‘tkazilgan tasdiqlash marosimidan so‘ng o‘z lavozimlariga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 avgust kuni Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi.
Hukumat tarkibiga o‘zgartirish kiritish joriy yilning sentyabr oyining boshida kutilgan edi, ammo Kisida Yaponiyada iqtisodiy muammolar ko‘payib borayotgani sababli buni hozir qilishga qaror qilgan. Xususan, “yangi kapitalizm” iqtisodiy konsepsiyasini targ‘ib qilishni jadallashtirish rejalari, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi hukumat iste’fosining bosh omili bo‘lgan.
LiveBarchasi