Virus blokatorlar samarasiz ekani isbotlandi

Texnologiya

image

Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi koronavirusga yo‘liqmaslik uchun bo‘yinga taqish kerak bo‘lgan “virus blokatorlari” samarasiz degan xulosaga keldi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga tayanib xabar berdi. 

Blokatorning samarali ekani haqidagi gap hech qanday asosga ega emasligi ta’kidlandi.

"TOA Industry Co.Ltd." fevral oyida o‘z veb-saytida koronavirus infeksiyasini oldini olish vositasi sifatida blokator haqida ma’lumot joylashtirgan edi.

Eksperimentlar natijalari bo‘yicha kompaniya tomonidan berilgan ma’lumotlar juda cheklangan bo‘lib chiqdi. Ularning taqdimoti faqat yopiq hududlarda o‘tkazilgan. 

Yaponiya iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi blokatorlarning samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchilarni chalg‘itadi degan fikrga keldi.

Blokatorlarni targ‘ib qilgan kompaniya afsusda ekanini bildirdi. Ishlab chiqaruvchi “rasmiy protseduralar orqali adolat” o‘rnatishga va’da berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgach, mamlakatda aynan yapon maxsuloti bo‘lgan virus blokatorlar ommalashib ketdi. Hatto Hukumat a’zolari ham uni taqib yurishni kanda qilmay qo‘ygandi. Foydali ekani isbotlanmagan virus blokatorlar O‘zbekistonda anchayin qimmat narxlarda sotilayotgandi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing