Yaponiyada “Twitter qotili” laqabli ashaddiy jinoyatchi dorga osildi

Olam

image

Bugun, 27 iyun kuni Yaponiyada 2017 yilda to‘qqiz kishini (asosan 15-26 yoshdagi ayollarni) o‘ldirib, jasadlarini bo‘laklagan Takaxiro Siraisi dorga osib o‘ldirildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, Siraisi o‘z qurbonlarini Twitter orqali tuzoqqa tushirgan – u o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan odamlarga “o‘z joniga qasd qilishda yordam” taklif qilgan, so‘ng ularni Tokiodagi kvartirasida o‘ldirib, jasad bo‘laklarini sovitkichlarga yashirib qo‘ygan. Sudda Siraisi barcha jinoyatlarini tan olgan.

Қuрбонлар

Bugun, 27 iyun kuni kuni Yaponiya Adliya vaziri Keysuke Sudzuki uni osish yo‘li bilan qatl etilganini tasdiqlagan. U Siraisi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar qatoriga talonchilik, zo‘rlash, qotillik va jasadlarni yo‘q qilish kirishini qayd etgan. Bu mamlakatda 2022 yildan beri ilk bor amalga oshirilgan o‘lim jazosi hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Yaponiyada o‘lim jazosi keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, 2024 yilgi so‘rovnomaga ko‘ra, aholining 83 foizi bu jazoni ma’qullagan. 2023 yil dekabr holatiga ko‘ra, Yaponiyada 107 nafar mahbus o‘lim jazosi ijrosini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron rasmiylari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan Pedram Madani ismli shaxsga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter qotili Takaxiro Siraisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar