Yaponiyada Sindzo Abening davlat dafn marosimi o‘tkazildi

Olam

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Tokio markazidagi “Nippon Budokan”  markazida Yaponiya sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Dafn marosimini Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno ochib, bir daqiqalik sukut saqlandi. Undan so‘ng, Bosh vazir Fumio Kisida, parlamentning har ikki palatasi va Oliy sud rahbarlari so‘zga chiqishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abe bilan xayrlashish uchun 4000 dan ortiq odam,  jumladan, 700 ga yaqin xorijiy delegatlar keldi. Ular orasida AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze, Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun, Yevropa kengashi raisi Charlz Mishel, Janubiy Koreya Bosh vaziri Xan Deok Su, Milliy qo‘mita vitse-prezidenti bor. Marosimda Rossiya tomonidan RF Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy ishtirok etmoqda.

Tadbir o‘tkazilishi uchun sarflanadigan mablag‘ davlat g‘aznasidan to‘langanishidan norozi bo‘lan ba’zi aholi qatlamlari Tokioda namoyish o‘tkazdi. Ular tadbir o‘tkazilishiga qarshilik qilib, Abening mamlakat rivoji uchun hissa qo‘shmagan degan fikrlarni bildirdi.

Abega suiqasd

Joriy yilning 8 iyul kuni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe ko‘chadagi chiqishi davomida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq Bosh vazir 67 yoshida vafot etdi.

12 iyul kuni Tokiodagi Zojoji ibodatxonasida oila a’zolari, yaqin do‘stlari va hamkorlari uchun shaxsiy buddist dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Abening jasadi krematsiya qilindi.

​​​​​​Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing