Yaponiyada kuchli yomg‘ir sabab ommaviy evakuatsiya boshlandi

Olam

image

Yaponiya janubi-g‘arbida bir necha kundan beri kuchli yomg‘ir yoqmoqda. Kuchli yomg‘ir sabab mamlakatning to‘rtta shahrida 1,7 million aholini evakuatsiya qilish zarurati tug‘ilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fukuoka, Saga, Nagasaki, Xirosima shaharlari aholisi eng yuqori darajadagi xavf haqida ogohlantirish oldi. Hokimiyat fuqarolarga “hayotingizni qutqaring!” degan aniq bir buyruq bilan chiqqan.

Tabiiy ofat oqibatida hozircha bir kishi vafot etgan, ikki kishi bilan ko‘chkidan keyin aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, NHK jamoat telekanali barcha teleko‘rsatuvlarni bekor qilib, faqat atmosferadagi o‘zgarishlar, ob-havo ma’lumoti prognozlari va mahalliy ma’muriyatlarning evakuatsiya e’lonlari haqidagi ma’lumotlarni uzatmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada bir necha kundan buyon kuchli tayfun harakat qilmoqda. Mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi bir qator viloyatlarda so‘nggi ikki kun ichida 500-700 mm yog‘ingarchilik qayd etilgan. Shuningdek, Saga shahrida 769 mm yog‘in yog‘gan.

Mutaxassislar aholini suv toshqini va ko‘chkilar xavfi haqida ogohlantirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing