Yaponiyada dunyodagi birinchi elektrda harakatlanuvchi tanker ishga tushirildi

Olam

image

Yaponiyada "KOA Industry Co" kompaniyasi qurgan dunyodagi birinchi elektrda harakatlanuvchi tanker ishga tushirildi.

Yaponiya kompaniyasining ma’lum qilishicha, marosim kecha, 22 dekabr kuni Sikoku orolidagi Kagava prefekturasidagi kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tdi. Tankerga "Asaxi" nomi berildi.

Kemaning uzunligi 62 metr, umumiy balandligi esa 10,3 metrni tashkil qiladi. Tankerning ro‘yxatga olingan og‘irligi 499 tonnani, yoqilg‘i saqlash hajmi esa 1,28 ming kub metrni tashkil qiladi. Kema umumiy quvvati 3,48 ming kilovatt bo‘lgan litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlangan.

Tanker 2022 yil mart oyidan boshlab Tokio ko‘rfazidagi transokeanik kemalarga yonilg‘i quyish uchun ishlatilishi kutilmoqda.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing