Yaponiyada COVID-19 tufayli aholiga qariyb 16 mlrd dollar tarqatiladi
Olam
−
29 noyabr 2021
3197Yaponiya hukumati aholiga COVID-19 pandemiyasida yordam berish uchun 1,8 trillion iyena (taxminan 15,8 milliard dollar) ajratishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy “Yomiuri” nashriga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati ushbu to‘lovlarni 2022 yil uchun davlat byudjeti loyihasiga kiritgan. 174 AQSH dollari miqdoridagi yordam plastik karta ko‘rinishidagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lgan barcha rezidentlarning har biriga beriladi.
Bunday holda, pul olishning sharti fuqaroning ushbu kartalardan tibbiy sug‘urta sifatida foydalanishga roziligi bo‘ladi va ular ham bank hisobiga bog‘langan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, rasmiylar yagona identifikatsiya kartalarining mashhurligini oshirmoqchi. Ayni paytda yaponiyaliklarning atigi 39 foizi ulardan foydalanadi.
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri Yaponiyada 1 726 555 kishida koronavirus aniqlangan. 18 355 kishi esa ushbu kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi