Yaponiyada 7 balli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
13 fevral 2021
4878Bugun, 13 fevral kuni Yaponiyada 7,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Mamlakat milliy meteorologiya idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Yaponiyaning shimoli-sharqida, Fukusima prefekturasi hududida bo‘lgan.
Avvaliga Milliy meteorologiya idorasi sunami xavfi e’lon qilgan, ammo buning oqibatida vayron bo‘lish xavfi kutilmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, mamlakat jamoat televideniyesi mahalliy aholini qirg‘oq chizig‘iga yaqinlashmaslikka chaqirgan.
Kuchli silkinish kamida Yaponiyaning shimoliy, shimoli-sharqiy va markaziy qismida, shu jumladan Fukusima, Miyagi va Tokio hududlarida sezilgan.
2011 yil 11 martda zilzila va tsunamidan jabr ko‘rgan, stansiyani demontaj qilish ishlari davom etayotgan favqulodda “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi vaziyat to‘g‘risida hozircha ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi