Yaponiya josuslik sun’iy yo‘ldoshini kosmosga olib chiqdi

Olam

image

Yaponiyaning ma’lumot to‘plash uchun mo‘ljallangan “Kogaku-7” josuslik sun’iy yo‘ldoshi bugun, 9 fevral kuni N2A raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik agentligi (JAXA) xabar bermoqda.

Qurilma yer yuzasini kuzatib boradi va raqamli kamera yordamida suratga oladi. Asosiy vazifasi - Shimoliy Koreyaning faoliyati va ob’ektlarini, ayniqsa, uning raketa dasturiga kiritilganlarini kuzatishdan iborat.

N2A raketa-tashuvchisi uchun bu uchish ketma-ket 35-marta muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

2015 yilda Yaponiya hozirgi sun’iy yo‘ldoshning ajdodi “Kogaku-5”ni uchirgan edi. U 40 santimetr o‘lchamdagi ob’ektning tasvirini olish imkonini beruvchi yuqori aniqlikdagi kameralar bilan jihozlangan edi.

Yaponiya josuslik yo‘ldoshlarni yaratish va rivojlantirish uchun yiliga 60 milliard iyen (taxminan 555 million dollar) sarflaydi. Bunga 1998 yilda Shimoliy Koreya tomonidan "Tepxodon" raketasining uchirilishi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, oradan besh yil o‘tib, Yaponiya o‘zining birinchi josuslik sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. 

Hozirda orbitada Yaponiyaning beshta operatsion optik josuslik sun’iy yo‘ldoshi va ikkita operatsion radari mavjud. Optik sun’iy yo‘ldoshlar kun davomida Yerni, jumladan, harbiy ob’ektlarni, radar yo‘ldoshlar esa tunda yoki bulutli sharoitda Yer sathini kuzatib borishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing