Yaponiya yaqinida kema cho‘kib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 yanvar kuni Gonkongdan yo‘lga chiqqan “Jintian” kemasi Yaponiya janubi-g‘arbiy qismidagi dengizda cho‘kib ketdi. Kemadagi 22 nafar ekipaj a’zosining 9 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yog‘och olib ketayotgan kemaning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Sohil xavfsizlik xizmati vakilining aytishicha, mahalliy vaqt bilan soat 23:15 atrofida falokat signali olingan paytda shamol kuchli bo‘lgan. Shundan so‘ng sohil xavfsizlik xizmati zudlik bilan Nagasaki shahri g‘arbida joylashgan patrul kemalari va samolyotlaridan yordam so‘ragan. Biroq yordam yetib borishga ulgirmasdan, soat 2:46 da kema cho‘kib ketgan.

Manbaga ko‘ra, ekipaj a’zolarining barchasi Xitoy va Myanma fuqarolari bo‘lgan. Kemada qutqaruv qayiqlari bo‘lganligi esa hozirgacha tasdiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning g‘arbiy hududlari 24 yanvar kuni sovuq va shamol olib kelgan qishki bo‘ronlardan aziyat chekdi. Kema cho‘kib ketgan hudud Nagasaki va Janubiy Koreyaning Jeju oroli o‘rtasida bo‘lib, og‘ir ob-havo sharoiti tufayli aynan shu kuni yuzlab reyslar bekor qilingan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing