Yaponiya o‘z hududida ukrainalik sapyorlarni o‘qitadi – “Kyodo”

Olam

image

Yaponiya hukumati Kiyevga yordam ko‘rsatish maqsadida 22 yanvardan boshlab ukrainalik sapyorlarni mamlakatda o‘qitishni tashkil qiladi. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni manbalarga tayanib, “Kyodo” agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yaponiya tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan to‘rtta mina detektorini ukrainaliklarga topshiradi, shuningdek, ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Bundan tashqari, Yaponiya rasmiylari ukrainalik sapyorlarni tayyorlashni davom ettirish uchun kelasi bir necha oy ichida o‘z mutaxassislarini Polshaga yuborish niyatini bildirgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 15 – 20 yanvar kunlari Kambodja rasmiylari Yaponiya hukumati ko‘magida qirollik hududida sakkiz nafar ukrainalik uchun minalardan tozalash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tadbirlarini o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni amerikalik harbiylar Germaniyada Ukraina harbiylarini jangovar tayyorgarlikdan o‘tkazishni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing