Yaponiya Ukrainada infratuzilmani tiklash uchun 170 mln dollar ajratadi

Olam

image

Yaponiya Ukrainaning muhim infratuzilmasini tiklash uchun 170 million dollar miqdorida grant ajratdi. Mablag‘lar Ukraina ehtiyojlari uchun yapon kompaniyalaridan mahsulot va xizmatlar sotib olishga yo‘naltiriladi. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Ukraina jamoalar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

“Yaponiya hukumati Ukrainani tiklash uchun 170 million dollar ajratdi. Mablag‘lar favqulodda rekonstruksiya qilish, muhim infratuzilmani qurish loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi”, deyiladi vazirlik saytidagi press-relizda.

Shuningdek, yordam berish to‘g‘risidagi qaror Ukraina hukumati va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida grant shartnomasini tuzishni nazarda tutadi. Yordam shartlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar Ukraina infratuzilmasini tiklash ehtiyojlari uchun yapon tovarlari va xizmatlarini sotib olishga yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyi boshida Yaponiya hukumati Ukrainani tiklash uchun 95 million dollar ajratilishini e’lon qilgan edi. Bu mablag‘lar hamkorlik kelishuvi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturiga yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya Ukrainadagi urush boshlanganining bir yilligiga bag‘ishlanuvchi G7 sammitini 24 fevralda o‘tkazishni rajalashtirgani xabar berilgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing