Yaponiya Shimoliy Koreyaga yadroviy tahdidi ortidan sanksiya joriy qildi
Olam
−
18 Oktabr 2022 5216 2 daqiqa
Yaponiya hukumati Shimoliy Koreyaning yadroviy raketa dasturiga aloqador beshta sub’ektga qarshi sanksiya joriy qildi. Unga ko‘ra, ularning aktivlari aniqlangan taqdirda muzlatib qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi Yuosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi.
“Shimoliy Koreyaning takroriy provokatsion harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ular Yaponiya va jahon hamjamiyatining tinchligi va barqarorligiga tahdid soladi”, deydi u cheklovchi choralarni joriy etish sabablarini izohlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR so‘nggi bir oy ichida raketalarni uchirishni sezilarli darajada oshirgan. Pxenmyan tomonidan uchirilgan raketalardan biri Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan.
“Biz AQIU va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Bundan tashqari, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibining ta’kidlashicha, Tokio KXDR provokatsion harakatlarni, jumladan, [ehtimol] yadro sinovini o‘tkazishni davom ettirishi mumkin, deb hisoblaydi.
Shimoliy Koreya yil boshidan beri 27 ta raketa uchirdi. Ularning keskin faollashuvi so‘nggi bir necha hafta ichida sodir bo‘ldi. Shu fonda AQSH “Ronald Reygan” aviatashuvchi kemasini mintaqaga ko‘chirdi va Yaponiya va Janubiy Koreya bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi, bu esa KXDRning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Live
Barchasi