Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
26 Sentabr 2022
4422Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ma’qulladi. Mudofaa sanoati bilan bog‘liq 21 tashkilot ro‘yxatga qo‘shildi, kimyoviy qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq tovarlarni yetkazib berishga taqiq joriy etildi. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ma’lum qildi.
Xususan, Yaponiyadan eksport qilish taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga “Moselektronproyekt” OAJ, “Etalon” Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Energiya” AJ, A.I. Alixonov nomidagi Milliy tadqiqot markazining Kurchatov instituti nazariy va eksperimental fizika instituti kiradi.
Bundan tashqari, “Davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha savdolarning avtomatlashtirilgan tizimi” MCHJ, “Temp-Avia” Arzamas ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, Rossiya Mudofaa vazirligining 46-sonli Markaziy ilmiy-tadqiqot institutining Federal davlat budjeti muassasasi, VNIIOFI Federal davlat unitar korxonasi va Butunrossiya optik va fizik o‘lchovlar ilmiy-tadqiqot instituti uchun cheklovlar qo‘yildi.
Yangi sanksiyalar 3 oktyabrdan kuchga kiradi. Tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi o‘tgan hafta Nyu-Yorkda “Katta yettilik”dagi hamkasblari bilan uchrashuv chog‘ida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Yaponiya hukumati avvalroq Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga nisbatan bir nechta qismli cheklovchi choralar majmuasini tasdiqlagan edi. Rossiya, Belarus, tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalaridan jami 700 dan ortiq kishi, shuningdek, 200 dan ortiq Rossiya va Belarus kompaniyalari va tashkilotlari individual sanksiyalar ostida qoldi. Bundan tashqari, Yaponiya “Otkritiye Bank”, “Novikombank”, “Sovkombank”, VTB, “Rossiya” banki, “Promsvyazbank”, VEB.RF, “Sberbank” va “Alfa Bank”, shuningdek, 40 ga yaqin Rossiya tashkilot va kompaniyalari aktivlarini muzlatib qo‘ydi.
LiveBarchasi