Yaponiya Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilmoqchi

Olam

image

Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar paketini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda TASS Yaponiya hukumati rahbari Fumio Kisidaga tayanib, xabar berdi.

“Aynan Rossiya harbiy yo‘lni qo‘lladi va bu vaziyatga sabab bo‘ldi. Garchi Rossiya—Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati uchun javobgarlik butunlay Rossiya zimmasida bo‘lsa-da, u shunday bayonot bilan chiqdi. Bu mutlaqo nomaqbul”, degan Kisida.

Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, yangi sanksiyalar paketi to‘rtta asosiy yo‘nalishdan iborat. Jumladan:

•  yana 140 ga yaqin jismoniy shaxslarning aktivlari muzlatib qo‘yiladi;

•  Rossiya Federatsiyasining harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya kompaniyalariga turli xil mahsulotlarni yetkazib berishni taqiqlash kengaytiriladi;

•  cheklovlarga duchor bo‘lgan Rossiya banklari ro‘yxatini va  importga embargoni kengaytiriladi;

•  RFga ilg‘or texnologiyalar — kvant kompyuterlarini etkazib berishni taqiqlash joriy etiladi.

“Yaqin kunlarda Yaponiya tomonidan aniq sanksiyalar ro‘yxati e’lon qilinishi kutilmoqda”, deydi u.

Ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati rahbari Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harakatlarini keskin qoralayotgan Yaponiya rasmiylarining izchil pozitsiyasini yana bir bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da bergan. 

Bundan tashqari, u Janubi-Sharqiy Osiyodagi vaziyatdan xavotir bildirgan. 

“Ukrainadagi [vaziyat] Janubi-Sharqiy Osiyoda ham takrorlanishi mumkin”, deydi u Tayvan atrofidagi vaziyatga ishora qilib.

Yaponiya, avvalroq, Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini qabul qilgan edi. Jami 500 dan ortiq kishi, jumladan, mamlakat rahbariyati vakillari, amaldorlar va ishbilarmonlar yakka tartibdagi sanksiyalar ostida qolgan. 

Shuningdek, Yaponiya  "Otkritiye", “Novikombank”, “Sovkombank”, “Sberbank”, “Alfa-Bank”, VEB.RF, “Rossiya Bank” hamda Rossiyaning 40 ga yaqin tashkilot va kompaniyalari aktivlarini muzlatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing