Yaponiya Rossiya gazidan voz kechgan Yevropaga gaz eksport qildi

Olam

image

Yaponiya mamlakat ehtiyojidan ortib qolgan siqilgan tabiiy gaz ortilgan tankerlarni Yevropaga yo‘naltirdi. Bu haqda, bugun 9 fevral kuni mamlakat Energatika, savdo va sonoat vaziri Koiti Xagiuda matbuotga ma’lum qilgan. 

"Yaponiya kompaniyalarining xohishiga asosan sotilgan bir nechta suyultirilgan tabiiy gaz tankerlari fevral oyida o‘z manziliga yetib borish uchun allaqachon Yevropaga yo‘l olgan", degan vazir. 

Xagiudaning ta’kidlashicha, joriy yil mart oyida Yevropaga yana bir qancha tabiiy gaz tankerlari yuboriladi.

Bundan tashqari uning qo‘shimcha qilishicha, “mintaqadagi jiddiy vaziyat ortidan tabiiy gaz taqchilligini boshidan kechirayotgan Yevropaga gaz yetkazib berish uchun Yaponiya oldingi qatorda turadi”. 

Vazirga ko‘ra, AQSHning Yaponiyadagi elchisi va Yevroittifoqning mamlakatdagi vakili bilan bo‘lgan uchrashuv mobaynida, Yaponiya hukumati va tomonlar Yevropadagi gaz taqchilligiga qarshi birga kurashishga kelishib olgan. 

Avvalroq, Yaponiyadagi axborot agentligi “Nikkei” mamlakat sanoatidan ortib qolgan tabiiy gaz zaxirasi miqdori 10 foizga yetgani va u Ukrainada boshlanishi ehtimol qilinayotagan urush oqibatida gaz taqchilligi yuzga kelsa, Yevropaga eksport qilinishi haqida xabar bergan edi. 

Mamlakatdagi tabiiy gaz zaxirasi joriy yil 30 yanvar holatiga ko‘ra, 1,67 million tonnani tashkil qilmoqda. 

Bundan tashqari AQSH Ukraina bilan bo‘ladigan urush natijasida Rossiya gaz ekportini to‘xtatsa, Yevropaga tabiiy gazni Qatardan import qilishda vositachilik qilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

662

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing