Yaponiya Kuril orollarini “noqonuniy bosib olingan” deb atadi

Olam

image

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi 2003 yildan beri birinchi marta “Diplomatiyaning moviy kitobi”da Kuril orollarini “noqonuniy bosib olingan” hudud deb atadi. Bu haqda "Kyodo" va NHK telekanallari bugun, 22 aprel kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida taqdim etilgan hujjatga tayanib xabar bermoqda.

Kitobning yangilangan versiyasida orollar “Yaponiyaning ajralmas qismi” degan so‘zlar ham kiritilgan. "Kyodo"ning qayd etishicha, bunday tavsif hujjatda 2011 yildan beri yo‘q edi.

Bundan tashqari, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, buni “nafaqat Yevropa, balki Osiyodagi xalqaro tartib asoslariga putur yetkazuvchi zo‘ravonlik” deb atadi. Hujjatda qayd etilishicha, Ukrainadagi urush fonida Tokio Moskva bilan orollar bo‘yicha muzokaralar va tinchlik shartnomasi istiqbollarini baholay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban G‘arb sanksiyalariga qo‘shilgach, Moskva Tokio bilan tinchlik shartnomasini tuzishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, Rossiya yaponlarning Kuril orollariga vizasiz sayohatlarini bekor qildi va orollardagi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha muloqotdan chiqdi, shuningdek, Yaponiyani "nodo‘stona" davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 1905 yilda Rossiya-Yaponiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirgan. 1945 yil fevral oyida esa Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan urushga kirish evaziga Saxalin va Kuril orollarini qaytarib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Kuril orollari

Baholaganlar

569

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar