Yaponiya Afg‘oniston va uning qo‘shnilariga 65 million dollar ajratdi

Olam

image

Kecha, 26 oktyabr kuni Yaponiya hukumati Afg‘oniston va qo‘shni davlatlarga 65 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Ushbu mablag‘ning 58 mln dollari Afg‘onistonga, qolgan qismi Pokiston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga beriladi.

Yordam yettita xalqaro tashkilot: BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP), Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (QXXQ), Taraqqiyot dasturi (BMT TD), Qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UN HCR), Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) va BMTning gumanitar faoliyatni koordinatsiya qilish boshqarmasi orqali amalga oshiriladi, 

Qarorda keltirilishicha, gumanitar yordam Afg‘onistonning turar joy, sog‘liqni saqlash, suv, sanitariya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim kabi sohalarini yaxshilash uchun ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

“Yaponiya hukumati Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va mintaqada barqarorlikni ta’minlashda faol rol o‘ynaydi”, deyilgan Yaponiya TIV bayonotida.

Yordam quyidagicha taqsimlangan:

•  Afg‘onistonga – 58 mln dollar 
•  Pokistonga – 3,5 mln dollar, 
•  Eronga – 2,6 mln dollar, 
•  Tojikistonga – 700 ming dollar) 
•  O‘zbekistonga – 200 ming dollar.

Avvalroq, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida G20 sammitida mamlakat Afg‘onistonga bir yil ichida 200 million dollar ajratishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing